
Tailand qiroli Maxa Vachiralongkorn (Rama X) o‘zining tansoqchisiga uylanganligi haqida xabar bergan edik.
General Sutida Vachiralongkorn endi malika! 66 yoshli qirol 3 marta uylangan va uning hozirda 7 nafar farzandi bor.
2014 yil Vachiralongkorn aeroportning sobiq styuardessasi Sutida Tidjayni qo‘riqlash bo‘limining qo‘mondoniga o‘rinbosar qilib tayinlaydi. 2016 yilning dekabr oyidan esa general etib saylaydi.
Qirol va qirolicha avval uchrashib yurishgan, ammo bu haqda ommaga rasmiy ma’lumot berishmagan. Nikoh marosimi qirollik oilasi va saroy amaldorlarining guvohligi ostida o‘tkazilgan.
Tayland qiroli 2016 yili otasi qirol Pxumipxon Adul’yadet (Rami IX) ning vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar