Norvegiyada qirol vafotidan ikki hafta o‘tib malika ham olamdan o‘tdi

Norvegiya qirollik oilasida ketma-ket qayg‘uli voqea yuz berdi. Mamlakat qiroli Harald V vafotidan ikki hafta o‘tib, uning opasi — 94 yoshli malika Astrid ham olamdan o‘tdi.
Norvegiya Qirollik uyi ma’lum qilishicha, malika 11 sentyabr kuni vafot etgan. U 28 avgustda 89 yoshida hayotdan ko‘z yumgan Harald V ning opasi edi.
Qirol Harald V vafotidan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Haakon VIII o‘tirdi. Yangi qirol 1 sentyabr kuni parlamentda Konstitutsiyaga sodiqlik qasamyodini qabul qilgan.
Qizig‘i, malika Astrid 9 sentyabr kuni akasi Harald V ning dafn marosimida qatnashgan edi. Bu uning jamoatchilik oldidagi so‘nggi ko‘rinishi bo‘ldi.

Astrid 1932 yilda Osloda tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida oilasi bilan Norvegiyani tark etib, avval Shvetsiya, keyin AQSHda yashagan. 1954 yilda onasi vafotidan so‘ng u Norvegiyaning birinchi xonimi vazifasini bajargan.
1961 yilda tadbirkor Yuxan Martin Fernerga turmushga chiqqan malika besh nafar farzandning onasi edi.






























Izohlar 0
…