Rossiyaning Mail.ru Group shirkati kelasi yili YouTube bilan raqobatlasha oladigan videoxostingini ishga tushiradi. Bu haqda shirkat bosh direktori Boris Dobrodeyev RBKga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Dobrodeyev hozircha yangi xizmat nomini ochiqlamadi. Uning fikricha, kompaniya shu paytga qadar foydalanuvchiga o‘zlari uchun kerakli kontent tanlash imkonini beradigan ijtimoiy xizmatlar taklif qilgan bo‘lsa, yangi xizmat orqali foydalanuvchilarga kompaniya kontentlar taqdim qiladi.
Foydalanuvchining qiziqishlariga qarab kontent taqdim qiladigan xizmat turi allaqachon ishga tushirilgan. Masalan, Mail.ru’ning shu yil taqdim qilgan “Puls” yangiliklar xizmati xuddi shunday tamoyil asosida ish olib boradi. U Internetda foydalanuvchining xatti-harakatini o‘qiydigan algoritmlardan foydalangan holda shaxsiy lentani hosil qiladi.
Dobrodeyevning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya xizmatni “o‘zining uslubida” taqdim etadi. Shu sababli u YouTube’ga asosiy raqobatchi bo‘lmaydi.
Mail.ru Group hozirda o‘z portali va elektron pochta xizmati, “Odnaklassniki” va “VKontakte”, ICQ va TamTam messenjerlariga, “Yula”, YouDrive, Delivery Club va boshqa xizmatlarga egalik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"