16 sentyabr kuni Toshkent markazida ikki ko‘cha yopiladi

16 sentyabr kuni Toshkent markazida ikki ko‘cha yopiladi

16 sentyabr kuni soat 09:00 dan 16:00 gacha Toshkent markazidagi Zarafshon va Istiqlol ko‘chalarining ayrim qismlarida transport harakati to‘liq cheklanadi.

Cheklov kinoloyiha suratga olinishi munosabati bilan joriy etiladi. Loyiha Toshkentning turistik salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan.

Harakat Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi nazorat-o‘tkazish punktidan Mustaqillik xiyobonigacha bo‘lgan qismida to‘xtatiladi. Shuningdek, Istiqlol ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi ham yopiladi.

Haydovchilarga yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar