
Italiyada bortida 6 ming sayyoh bo‘lgan kruiz layneri hongkonglik 2 sayyohda koronavirus alomatlari aniqlangani sababli bloklandi.
Italiyaning Chivitavekkya portida 6 ming sayyohni olib ketayotgan Costa Crociere kruiz layneri undagi 2 nafar hongkonglik sayyohda koronavirus alomatlari aniqlangach vaqtinchalik bloklandi. Bu haqda Rai News24 telekanali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, koronavirus alomatlari oilaviy juftlikda aniqlanib, ular kemadagi sanitar izolyatorga joylashtirilgan. Ularda yuqori harorat va nafas olish bilan muammolar bo‘lgan.
Juftlik Milan aeroportiga 25 yanvarda kelgan, so‘ngra Savonada kemaga chiqqan.
Ma’lum qilinishicha, Chivitavekkyaga sayyohlarda koronavirus borligini tekshirish uchun shifokorlar yetib kelgan. Boshqa yo‘lovchilarga ham hozircha qirg‘oqqa tushish taqiqlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar