Foto: «AP Photo»
«Forbes» jurnali 21 — 28 may kunlari — bir haftada hammadan ko‘p pul ishlab topgan investor va tadbirkorlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Birinchi o‘rinni «Louis Vuitton Moët Hennessy» kompaniyalar guruhi rahbari Bernar Arno egalladi. Uning boyligi bir haftada 8,1 milliard dollarga ko‘payib, yana 100 milliard dollardan oshib ketdi.
Uning ortidan «Inditex» xolding benefitsiari va asoschisi (Zara brendiga egalik qiladi) Amansio Ortega bormoqda. U xazinasiga 4,9 milliard dollar qo‘shib qo‘ydi. Kuchli uchlikka afsonaviy investor Uorren Baffet yakun yasab berdi. U 7 kunda 3,9 milliard dollar ishlab topdi.
Keyingi pog‘onalarni «Kering» xo‘jayini Fransua Pino, «L’Oreal» hamraisi Franusaza Betankur-Mayers, «Uniqlo» asoschisi Tadasi Yanai va «Keyence» kompaniyasi asoschisi Takemitsu Takidzaki zabt etishgan.
Ro‘yxatga, shuningdek, «Luxottica» asoschisi Leonardo del Vekkio, «Grupo Carso» egasi Karlos Slim va «3G Capital» asoschisi Xorxe Paolo Lemann kiritilgan. Ular bir hafta ichida jami 33,6 milliard dollar sof foyda ko‘rishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin