Foto: «Thejakartapost.com»
Avstriyalik Yozef Kyoberl muz to‘ldirilgan shisha xonada 2,5 soat turib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Avstriyaning ORF teleradiokompaniyasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shanba kuni Quyi Avstriyaning Melk shahrida Kyoberl inson tanasining muz bilan aloqasi davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan. Ekstremalning so‘zlariga ko‘ra, maqsadlaridan biri eriyotgan muzliklarga odamlar e’tiborini jalb qilish bo‘lsa, ikkinchisi bu bilan har bir inson o‘z imkoniyatlarini kengaytira olishini ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan.
«Gap salbiy ishonchlardan voz kechish, o‘zini rag‘batlantirish va, eng avvalo, o‘ziga bo‘lgan ishonch haqida ketmoqda. Sizlarga shuni yetkazmoqchi bo‘ldim», — dedi rekordchi.
Kyoberl o‘z rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi: o‘tgan yili muz ichida 2 soat 8 daqiqa 47 soniya bo‘lib, rekord o‘rnatgandi. Shunisi qiziqki, Kyoberl 2,5 soat muzli xonada bo‘lib chiqqandan so‘ng muzqaymoq yeyishni xohlayotganini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi