Foto: «Zsno.ru»
Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada koronavirusning yangi shtammi topildi — u avval Buyuk Britaniyada aniqlangandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabar berdi, deb yozadi «VVS».
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, koronavirusning yangi turi oldingisidan ko‘ra tezroq tarqalmoqda, ammo uning xavfi ko‘proq ekanligi haqida gapirishga hali erta. Bundan tashqari, mutatsiyaga uchragan virusning vaksinaga turlicha ta’sir ko‘rsatishi haqida ham hech qanday asos yo‘q.
Gollandiya hukumati yaqin kunlarda Yevropa Ittifoqining boshqa a’zo davlatlari bilan yangi shtammning tarqalishini o‘rganish uchun ishga kirishishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, mamlakat 1 yanvargacha Buyuk Britaniya bilan aviareyslarni yopgan.
Dekabr oyida JSST Buyuk Britaniyada aniqlangan SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi xavfini baholadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, u yanada yuqumliroq, biroq kasallikning xavflilik darajasi o‘zgarmagan.
14 dekabr kuni Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Mettyu Xenkok mamlakatda SARS-CoV-2 koronavirusining yangi shtammi topilganligini, u asl nusxasidan ko‘ra tezroq tarqalayotganini ma’lum qildi. Virus odamdan odamga oson tarqaladi. Shu boisdan ham yuqumliroq. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi