Norvegiyada Pfizer/BioNTech koronavirusga qarshi vaksinasini qabul qilgan 23 kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda «Korrespondent.net».
Marhumlarning barchasi immuniteti zaif 80 yoshdan oshgan odamlar, deya ta’kidlaydi Norvegiya Dori vositalari agentligi.
«Vaksinalar bilan bog‘liq 23 ta o‘lim holati qayd etilgan. Hozirgacha ularning 13 tasi o‘rganilgan. Keng tarqalgan nojo‘ya ta’sirlar keksa odamlarda jiddiy holatlarga olib kelishi mumkin», – deyiladi xabarda.
Dori vositalari agentligi vakili Shteynar Madsenning so‘zlariga ko‘ra, ushbu o‘lim holatlari «judayam qo‘rqinchli emas».
«Ushbu vaksinaning juda kichik xavf omillari borligi aniq, ammo sog‘lig‘i yomon keksa bemorlar haqida gap ketganda, bir nechta istisnolar mavjud», – dedi Madsen.
Norvegiyada vaksinatsiya 27 dekabrda boshlangan. Oslodagi qariyalar uylarida yashovchilar birinchi bo‘lib emlandi. Shu vaqtgacha mamlakatda 25 ming kishi koronavirusga qarshi emlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?