08:00 / 27.04.2021
2 361

Baydenning reytingi tarixdagi eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi


AQSH prezidenti Jo Bayden
Foto: Reuters

AQSH prezidenti Jo Baydenning reytingi faoliyatining birinchi 100 kunida 52 foizni tashkil qildi. 1945 yildan buyon bu ko‘rsatkich faqat Jerald Ford (48 foiz) va Donald Trampda (42 foiz) pastroq bo‘lgan, deb yozmoqda «RIA Novosti».

Post va ABC News’ning o‘tkazgan so‘rovnomalariga ko‘ra, respondentlarning 52 foizi Baydenning ishini «to‘liq» yoki «ba’zi jabhalarda» ma’qulladi, ularning orasida 90 foiz demokratlar, 47 foiz mustaqil respondentlar va 13 foiz respublikachilar bor. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 42 foizi Baydenning faoliyati haqida salbiy fikrda ekanini bildirdi.

Baydenning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash siyosatini ishtirokchilarning 64 foizi, iqtisodiy siyosatini 52 foizi ma’qulladi. Ularning 37 foizi Meksika chegarasidagi migratsiya inqirozi paytidagi harakatlar to‘g‘risida ijobiy fikr bildirdi.

Bundan tashqari, ishtirokchilarning 60 foizi prezidentni Kongress respublikachilaridan yordam so‘rab murojaat qilishi kerak deb hisoblaydi, 30 foizi Baydenning o‘zi hamma ishni mustaqil uddalay oladi degan fikrda.

Amerikaliklarning 65 foizi iqtisodiyotni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi, 31 foizi bunga qarshi chiqdi. Respondentlarning 52 foizi Baydenning infratuzilmaviy loyihalarga ikki trillion dollar investitsiya kiritish rejasini yoqladi, 35 foizi esa bu rejani ma’qullamasligini bildirdi.

So‘rovnoma 18—21 aprel kunlari telefon orqali ingliz va ispan tillarida o‘tkazildi, unda aholining 1007 nafar voyaga yetgan qatlami ishtirok etdi. Yo‘l qo‘yilgan statistik xato 3,5 foizni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, Jo Bayden 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda prezident etib saylangan va 2021- yilning yanvarida rasmiy ravishda ish boshlagan edi.

Jo Bayden iyun oyida davlat rahbari sifatida birinchi bor chet elga safar qiladi. U Buyuk Britaniya va Belgiyaga boradi. Uning chet el rahbari bilan birinchi telefon suhbati 23 yanvar kuni Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan bo‘lib o‘tdi. Bir necha kundan keyin Bayden Putin bilan telefonda gaplashdi, suhbat taxminan yarim soat davom etdi.

Shuningdek, Oq uy Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarning natijalariga baho berdi va ularni hozircha prezident Jo Bayden ma’muriyati kutgan natijalarga «juda yaqin», deb atadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Baydenning reytingi tarixdagi eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi