2 660
Saudiya Arabistoni «maxsus shartlar» asosida Haj safarlarini amalga oshirishga ruxsat beradi
Foto: AFP
Saudiya Arabistoni Haj va Umra ziyoratlarini amalga oshirish uchun ruxsat bermoqchi, ammo ular koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun maxsus shartlarga amal qilgan holda o‘tkaziladi, deb yozadi «RBK» Saudiya matbuot agentligiga tayanib.
Xabarga ko‘ra, Haj ziyorati bilan bog‘liq tadbirlar «xavfsiz muhitda» bo‘lib o‘tadi, chunki inson salomatligi va xavfsizligi qirollikda birinchi o‘ringa qo‘yiladi.
Saudiya Arabistonining sanitariya organlari vaziyatni baholashda davom etmoqda. Haj safarini amalga oshirish bo‘yicha tafsilotlar, shuningdek, COVID-19 tarqalishi ustidan nazorat bo‘yicha choralar keyinroq e’lon qilinadi.
2021 yilda Haj ziyorati 17—22 iyul kunlari amalga oshiriladi. Umra safarini esa yilning qolgan vaqtida ado etish mumkin.
Mart oyida Saudiya Arabistoni barcha ziyoratchilarning koronavirusga qarshi emlanishi kerakligini ma’lum qilgandi. Ushbu talab chet ellik ziyoratchilar uchun ham, mamlakat fuqarolari uchun ham amal qiladi.
Keyinroq Umra safarini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga keladigan barcha xorijliklar koronavirusdan davolanish xarajatlarini qoplaydigan tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishi kerakligi ma’lum bo‘ldi.
2020 yilda Saudiya Arabistoni chet ellik ziyoratchilar uchun Haj safarini bekor qildi, faqat qirollik hududida bo‘lganlargina unda ishtirok etishi mumkin edi. Bundan tashqari, ishtirokchilar soni ming kishi bilan cheklandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi