21:15 / 06.02.2022
1 269

Reuters AQSHning Ukrainadagi ehtimoliy urush qurbonlari bo‘yicha baholarini ma’lum qildi

Reuters AQSHning Ukrainadagi ehtimoliy urush qurbonlari bo‘yicha baholarini ma’lum qildi
Foto: Pavel Lvov / RIA Novosti
Rossiya Ukraina hududiga keng ko‘lamli hujum uyushtirsa ukrain harbiylarining yo‘qotishi 5 mingdan 25 minggachani tashkil etishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi AQSHdagi ikki anonim rasmiyga asoslanib xabar berdi.

Amerikalik amaldorlarning baholariga ko‘ra, tinch aholi orasidagi yo‘qotishlar 25 ming va 50 ming o‘rtasida bo‘lishi, rossiyalik harbiylarning yo‘qotishlari — 3 mingdan 10 minggacha yetishi mumkin. Shu tariqa, AQSHdagilar fikricha, rossiyaliklar bosqini ro‘y bergudek bo‘lsa, qurbonlar soni — 85 mingni tashkil etishi mumkin.

Vashingtondagilar harbiy harakatlar millionlab qochqinlar Yevropaning boshqa davlatlaridan boshpana izlashga majbur bo‘lishiga olib kelishini ham e’tiborga olmoqda.

Bundan tashqari, agentlik agar Moskva harbiylarini Kiyevga yo‘naltirsa, poytaxt «bir necha kun ichida» qulashi mumkinligi haqida yozgan.

Reuters manbasi Vashington baholariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi uchun zarur bo‘lgan kuchlarning 70 foizini chegaraga olib kelib bo‘lgan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta davomida chegara hududida taktik guruhlar 60dan 83taga yetgan (juma holatiga ko‘ra), yana 14 guruh yo‘lda kelmoqda. Shu bilan birga, agentlik o‘z suhbatdoshlari ularning baholarini tasdiqlaydigan birorta dalil keltirmaganini qayd etgan.

Ular 15 fevralga borib Ukraina tuprog‘i muzlashi va bu rossiyaliklar armiyasidagi mexanizatsiyalashgan bo‘linmalar yo‘lsiz hududlarda qiyinchiliksiz harakatlanishiga imkon berishini aytib o‘tishgan. Bunday ob-havo sharoiti mart oyi oxiriga qadar saqlanib qoladi.

«Bu grafik, shuningdek Ukraina chegarasi yaqinida Rossiya qurolli kuchlari soni oshib borayotgani diplomatiya oynasi yopilganidan darak bo‘lishi mumkin», — deya yozadi Reuters.

Agentlik manbasi ma’lumotiga ko‘ra, Vashingtondagilar Rossiya keng ko‘lamli bosqindan boshqa variantlarni ham tanlashi mumkinligini taxmin qilishgan, ularning hisoblashicha, prezident Vladimir Putin hali yakuniy qarorni qabul qilmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Reuters AQSHning Ukrainadagi ehtimoliy urush qurbonlari bo‘yicha baholarini ma’lum qildi