date
views 1 436

Ukrainada teatr binosi o‘qqa tutildi. Vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin

Ukrainada teatr binosi o‘qqa tutildi. Vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin
Ukrainaning Mariupol shahridagi akademik drama teatri binosi snaryad tushganidan so‘ng vayronaga aylangan. Ijtimoiy tarmoqlarda portlatilgan madaniyat muassasasi suratlari e’lon qilindi.

Mariupol shahar kengashining xabar berishicha, teatrda, uning yerto‘lasida yuzlab tinch aholi yashiringan bo‘lgan. Shahar kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, binoning markaziy qismi vayron bo‘lgan, bomba boshpanasiga kirish to‘silib qolgan. Qurbonlar borligi hozircha noma’lum.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Kiyevning ayblovlarini rad etdi.

«16 mart kuni tushdan keyin Rossiya aviatsiyasi Mariupol shahridagi nishonlarga zarbalar berish bilan bog‘liq hech qanday topshiriqni bajarmadi», — deyiladi agentlik bayonotida.

Rossiya Mudofaa vazirligi, shuningdek, teatr binosida «Azov» bataloni jangchilari bo‘lishi mumkinligini ham qayd etishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada teatr binosi o‘qqa tutildi. Vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin