Keniyada qurilayotgan ko‘p qavatli bino qulab, vayronalar savdo joylarini bosib qoldi

Keniyada qurilayotgan ko‘p qavatli bino qulab, vayronalar savdo joylarini bosib qoldi

Keniya poytaxti Nayrobida qurilish ishlari davom etayotgan ko‘p qavatli bino to‘satdan qulab tushdi. Hodisa oqibatida bino parchalari pastki qavatda joylashgan savdo va tijorat obyektlarini bosib qolgan. Vayronalar ostida odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan vaqtda ko‘plab aholi juma namoziga ketgan bo‘lgan. Shu sababli bino qulab tushgan paytda hududda odamlar soni kamroq bo‘lgani va bu ehtimoliy qurbonlar soni ortib ketishining oldini olgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Vayron bo‘lgan ko‘p qavatli bino qoldiqlari yonida qutqaruvchi turibdi.

Hozircha hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar soni haqida aniq ma’lumot berilmagan. Vayronalar ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlar taqdiri ham noma’lum.

Hodisaning kelib chiqish sabablari va bino konstruksiyasida qanday kamchiliklar bo‘lgani haqida hozircha batafsil ma’lumot yo‘q.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar