Foto: Getty Images
Uyqusizlik bilan bog‘liq muammolarga tanadagi ba’zi moddalar yetishmasligi sabab bo‘lishi mumkin.
Triptofan
Bu inson tanasi uchun eng muhim biologik faol moddalardan biri, chunki bu muhim alfa aminokislota serotonin va melatonin manbaidir. Triptofan yetishmasligining belgilari nafaqat uyqu buzilishi, balki depressiya, spirtli ichimliklarga bo‘lgan ishtiyoq va surunkali charchoqni ham o‘z ichiga oladi.
Mazkur modda tabiiy yogurt, sut, soya yogurti va sut, yong‘oq suti (masalan, bodom yoki kaju) tarkibida ko‘proq bo‘ladi. Shuningdek, pista, kunjut va lavlagi, selderey, kres-salat, achchiq mongoldda juda ko‘p triptofan mavjud.
Magniy
Tanani bo‘shashtirishga yordam beradi, asab tizimining faoliyatini normallashtiradi, stress va uyqu muammolari bilan kurashishga yordam beradi. Magniyning asosiy manbalaridan biri yangi sabzavot va mevalardir. Bundan tashqari, magniy bodom, dukkakli o‘simliklar va bug‘doy donida mavjud.
Yotishdan oldin ichimlik tayyorlash uchun kakao kukuni (100 grammda kunlik magniyning 106 foizini o‘z ichiga oladi), bodom, soya yoki kaju suti, yangi ko‘katlar (masalan, ismaloq) va bug‘doy kepagidan foydalanish mumkin.
C vitamini
Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qonda S vitamini past bo‘lgan odamlar uyquga ketishda ko‘proq muammolarga duch kelishadi va kechasi tez-tez uyg‘onadilar.
Yotishdan oldin ichimlik (smuzi) tayyorlash uchun yangi ko‘katlar, brokkoli, qora smorodina, sitrus mevalari va kivi kabi S vitamini ko‘p mahsulotlardan foydalanishimiz mumkin.
Kaliy
Ushbu mikronutrient uxlashda muammosi borlar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin. Kaliy kakao kukuni, yong‘oq, soya, bodom, findiq, sut, yangi ko‘katlar, banan tarkibida mo‘l bo‘ladi.
Kalsiy
Ratsionda kalsiy yetishmasligi tufayli ham uyqusizlik paydo bo‘lishi mumkin. Eurorean Neurology Journal uyqu yetishmasligi va uyqu buzilishi ko‘pincha tanadagi ushbu muhim mineral yetishmasligidan kelib chiqadigan tadqiqot natijalarini e’lon qildi.
Ichimlik tayyorlash uchun sut va sut mahsulotlari, yong‘oqlar, kunjut va ko‘katlarlardan foydalanish mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring