Yolg‘izlik erkaklar umrini qisqartiradimi?

So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, uylanmagan yoki yolg‘iz yashaydigan erkaklarda o‘lim xavfi uylangan erkaklarga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, bu farq hatto 78 foizgacha yetishi mumkin.
Olimlar bu holatni erkaklarning ko‘pincha hissiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lishi, kundalik hayotda esa yaqin insonlarga tayanishi bilan izohlamoqda. Turmush o‘rtog‘i bor erkaklar sog‘lig‘iga ko‘proq e’tibor berishi, tartibli hayot kechirishi va stressni yengish imkoniyati yuqoriroq bo‘lishi ta’kidlanadi.
Qizig‘i shundaki, ayollar orasida bu kabi keskin farq deyarli kuzatilmagan. Tadqiqotchilar bunga ayollarning ijtimoiy faolligi yuqoriroq ekani, yaqin do‘stlar va qarindoshlar bilan aloqani yaxshi saqlashi sabab bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
Inson uchun mehr, e’tibor va yaqinlarning qo‘llab-quvvatlashi nihoyatda muhim. Ayniqsa erkaklar uchun bunday ijtimoiy va hissiy tayanch hayot sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.






























Izohlar 0
…