Arsenal Bruno Gimaraesni oʻz safiga qoʻshib olishi kerak — Mikael Silvestr

Mikael Silvestrning fikricha, Bruno Gimaraesning Arsenal safiga o'tishi London klubi va futbolchining o'zi uchun eng maqbul qaror bo'ladi. Arsenal Nyukasl yarim himoyachisi uchun rasmiy taklif yuborgan, biroq u rad etilganiga qaramay, muzokaralar davom etishi va transfer amalga oshishi ehtimoli yuqori.
Londonning Arsenal klubi yangi mavsum oldidan oʻz tarkibini kuchaytirish harakatlarini bosh yubordi va yarim himoya chizigʻiga yangi futbolchi izlamoqda. Klub bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning raqobatbardoshligini saqlab qolish va Angliya Premer-ligasi chempionligini himoya qilish uchun transfer bozorida faollik koʻrsatmoqda. Bu borada London jamoasi Nyukasl yarim himoyachisi Bruno Gimaraes uchun rasmiy taklif yuborgani, ammo bu urinish rad etilgani xabar qilingan edi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Grosvenor Sport nashriga bergan intervyusida Arsenal va Manchester Yunayted klublarining sobiq himoyachisi Mikael Silvestr mazkur transfer haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Uning taʼkidlashicha, braziliyalik yarim himoyachining London klubiga oʻtishi tomonlar uchun eng maqbul qaror boʻladi. Silvestr Nyukasl ilk taklifni rad etganiga qaramay, klublar oʻrtasidagi muzokaralar davom etishini va bu transfer amalga oshish ehtimoli yuqori ekanini qayd etdi.
Maydondagi dinamika va raqobat
Sobiq futbolchi Bruno Gimaraesning imkoniyatlarini yuqori baholab, u jamoadagi mavjud variantlarga nisbatan koʻproq dinamika taqdim eta olishini bildirdi. Xususan, u Martin Subimendi va braziliyalik futbolchining oʻyin uslubini taqqoslab oʻtdi. Silvestrning soʻzlariga koʻra, oʻtgan mavsumda baʼzi oʻyinlarda zaxirada qolib ketgan Subimendidan farqli oʻlaroq, Gimaraes maydonda ancha faolroq harakat qiladi."Oʻtgan mavsumda Martin Subimendining zaxirada qolgani gʻalati tuygʻu uygʻotdi. U yaxshi oʻyinlar koʻrsatdi, lekin muvaffaqiyatsizliklar ham boʻldi. Mayls Lyuis-Skelli esa oʻz oʻyiniga yana bir qatlam qoʻshib, yugurishlari bilan chiziqlarni yorib oʻta olishini koʻrsatdi. Subimendi buni qila olmaydi, u boshqacha oʻyinchi", — deydi Silvestr.
Chempionlik uchun kurashdagi ahamiyat
Silvestrning fikricha, Bruno Gimaraes maydonda koʻproq tajovuzkorlik koʻrsata oladi va bu xususiyat Mikel Arteta jamoasiga musobaqalarda zafar quchish uchun juda suv va havodek zarur. APL chempionligini saqlab qolish hamda Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashish uchun chuqur va sifatli tarkib talab etiladi."Bruno Gimaraes ikkala vazifani ham uddalay oladi. U Subimendiga qaraganda biroz tajovuzkorroq va chempionlikni himoya qilish uchun aynan shunday xarakterdagi futbolchilar kerak boʻladi. Agar yana Chempionlar ligasi finaliga chiqishni va unvonni himoya qilishni istasangiz, sizga yetarlicha kuchlar kerak boʻladi", — deya qoʻshimcha qildi sobiq himoyachi.
Shuningdek, Mikael Silvestr Manchester Yunayted klubining ham bu transfer uchun kurashishi mumkinligi haqidagi taxminlarni rad etdi. Uning soʻzlariga koʻra, qizil iblislar soʻnggi transfer oynalarida yarim himoya chizigʻini yetarlicha kuchaytirib ulgurgan va bu mavqerdagi futbolchilarga ehtiyoj sezmaydi.






























Izohlar 0
…