Markaziy bank oltin quymalarini qayta sotib olish narxlarini e’lon qildi

O‘zbekistonda qimmatbaho metallar bozorida muhim yangilik qayd etildi. Ilk bor Markaziy bank oltin quymalarini qayta sotib olish bo‘yicha rasmiy narxlarni ochiq e’lon qildi. Bu qaror investorlar va aholi uchun bozordagi qoidalarni yanada aniq va shaffof qiladi.
Ma’lum qilinishicha, qadog‘i but holatda saqlangan oltin quymalar banklar tomonidan sotuv narxidan 3,9 foiz arzonroq narxda qabul qilinadi. Agar quyma texnik talablarga to‘liq javob bermasa, uning qaytarib olish bahosi 4,9 foizga past bo‘ladi.
Bugungi kunda 100 grammlik oltin quymani banklarga 167 million 910 ming so‘mga qaytarib sotish mumkin. Taqqoslash uchun, aynan shu quyma bir yil avval 116,6 million so‘mdan sotuvga chiqarilgan edi. Natijada investorlar uchun sof daromad qariyb 44 foizni tashkil etmoqda.
Avvalroq ham oltin quymalarini banklarga 1–4 foiz chegarasida qaytarib sotish imkoni mavjud edi. Biroq aniq narxlar ochiq manbalarda e’lon qilinmagani sababli, ko‘pchilik uchun bozor sharoiti noaniq bo‘lib kelgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, 2025 yil boshidan beri oltin narxining 49 marta oshishi mamlakat ichki bozorida qimmatbaho metallarga bo‘lgan qiziqish va talab keskin o‘sganini ko‘rsatadi. Yangi ochiqlangan narxlar esa oltinni ishonchli investitsiya vositasi sifatida tanlayotganlar uchun yanada qulay sharoit yaratishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing