Rossiyada evroning birja kursi 76 rublgacha ko‘tarildi


Rossiyada 6 yanvar kuni dollarning kursi 3,5 soatda qariyb 4 rublga, yevroniki esa 3,5 rublga o‘sdi. “RBK”ning qayd etishicha, Rossiya valyutasining qadrsizlanishi jahon bozorlarida neft narxining arzonlashuvi bilan birga davom etmoqda, deb yozadi Kun.uz
Yevropaning yagona valyutasi qiymati Rossiyada bir necha soat ichida 4,5 foizga o‘sdi. Birja savdolari boshlangan vaqtdagi biroz noaniqlikdan so‘ng, evro kursi o‘sishni boshladi. Moskva vaqti bilan 11:30da uning qiymati 74 rublga, 12:30da 75 rublga, 13:20da esa 76 rublga yetdi.
Dollar bilan savdo qilinadigan maydonchada ham deyarli shunday manzara takrorlandi. Savdolar boshlanganidan keyingi uch soat ichida dollar kursi qariyb 4 rublga o‘sib, 13:40ga kelib 64 rubl 16 kopeykaga baholandi, shundan so‘ng biroz pastga tushdi. Birja ochilgan vaqtda bir dollar 60,39 rublga baholanayotgan edi.
Rublning qadrsizlanishi Shimoliy Amerikaning Brent turidagi nefti sotiladigan Londonning ICE birjasidagi voqealar ham ta’sir qilmoqda. Uch soatda u yerda bir barrel neftning narxi ikki dollarga arzonlashib, 51,62 dollardan sotila boshlandi.
Foto: AFP / RBK / KUN

























Izohlar 0
…