1 289
Namanganda Qur’oni Karimning noyob qo‘lyozmasini o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Joriy yil 10 avgustga o‘tar kechasi Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohida saqlanayotgan Qur’oni Karim qo‘lyozmasini o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Shokirjon Hoshimovning ma’lum qilishicha, qo‘lga olinganlardan biri Chortoq tumani, ikkinchisi esa Namangan shahrida yashovchi fuqarolar bo‘lgan.
Kitob Namangan shahrining Navoiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan birida saqlab kelingan.
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qur’oni Karimning qo‘lyozma nusxasiga hech qanday zarar yetmagan.
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Gumonlanuvchilar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, qamoqqa olingan. Hozirda oldinroq qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohida saqlangan Qur’oni Karim qo‘lyozmasi hajmi jihatidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Usmon Mus'hafidan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»