Qozog‘istonda Qur’on tilovati yangragan paytda kaptarning holati e’tibor tortdi (video)

Qozog‘istonning Jarkent shahrida Qur’oni Karim tilovati yangrayotgan paytda kaptarning boshini egib, bir muddat qimirlamay turgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Mahalliy aholi vakillaridan biri tomonidan tasvirga olingan lavhada yo‘lakda turgan kaptar masjid karnayidan Qur’on oyatlari yangrayotgan vaqtda boshini egib turgani aks etgan.
Videoni ko‘rgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kaptarning holatini sajdaga o‘xshatib, lavhaga turli munosabat bildirmoqda. Ayrimlar bu holatni hayratlanarli deb baholagan.
Lavha qisqa vaqt ichida keng tarqalib, ko‘plab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi. Biroq videoda aks etgan holatning sababi haqida hozircha rasmiy yoki ilmiy izoh berilmagan.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…