
XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida Para yengil atletika bo‘yicha T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etib, 28 yillik rekordni yangilagan olimpiada chempioni Asila Mirzayorova va Para dzyudo bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan Dovurxon Karomatov Qarshi shahrida tantanali kutib olindi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov Paralimpiya sovrindorlariga xonadon kalitlarini topshirdi.
Avvalroq davlatimiz rahbarining qaroriga muvofiq oltin medal sohiblariga 200 ming AQSH dollari, Tahoe avtomobili, 2 qavatli kottej:
- Kumush medal sohiblariga 100 ming AQSH dollari, BYD Song Plyus DM-I Champion Flagship avtomobili va xonadon;
- Bronza medal sohiblariga 50 ming AQSH dollari, BYD Song Plyus DM-I Champion Flagship avtomobili va xonadon hadya qilingan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar