Farzandlarini ko‘rishga kelgan erkak sobiq xotining uyida kaltaklangani aytilmoqda

Farzandlarini ko‘rishga kelgan erkak sobiq xotining uyida kaltaklangani aytilmoqda

Toshkentning Sergeli tumanida farzandlarini ko‘rish uchun sobiq turmush o‘rtog‘ining uyiga borgan erkak uning oila a’zolari bilan janjallashib, kaltaklangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 9 avgust kuni sodir bo‘lgan.

1991 yilda tug‘ilgan B.R. farzandlarini ko‘rish maqsadida sobiq turmush o‘rtog‘i, 1997 yilda tug‘ilgan D.Q.ning Sergeli tumanidagi uyiga borgan.

Shu yerda u sobiq turmush o‘rtog‘ining oila a’zolari bilan mojaro chiqargan. Mojaro vaqtida 1965 yilda tug‘ilgan M.Q. va 1992 yilda tug‘ilgan E.Q. B.R.ga nisbatan kuch ishlatgan. Oqibatda erkak tan jarohatlari olgan.

Hodisa tafsilotlari bo‘yicha hozircha boshqa ma’lumotlar ochiqlanmagan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar