Xitoyda odam minib yuradigan to‘rt oyoqli robot-ot tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda

Xitoyning DaxAI startapi odam minib yurishi mumkin bo‘lgan to‘rt oyoqli Qiji X1 robotini namoyish etdi. Tashqi ko‘rinishi motorli va kattalashtirilgan robot-itni eslatadigan qurilma ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Qiji X1 oddiy ko‘ngilochar qurilma bo‘lib qolmasdan, real sharoitlarda transport vositasi sifatida foydalanishga mo‘ljallangan.
Ishlab chiqaruvchilarga ko‘ra, robot:
300 kilogrammgacha yuk ko‘tara oladi;
soatiga 9,6 kilometr tezlikda harakatlanadi;
bir marta quvvatlanganda 40 kilometrgacha yo‘l bosadi;
tik qiyalik, loy va shag‘alli yo‘llarda harakatlana oladi. Robotning namoyishi aks etgan video ham internetda tarqaldi. Unda Qiji X1ning odam bilan harakatlanishi va turli sharoitlarda yurishi namoyish etilgan.
Ishlab chiqaruvchilar kelajakda undan nafaqat transport, balki og‘ir yuklarni tashish va qutqaruv operatsiyalarida ham foydalanishni rejalashtirmoqda. Robot-ot internet foydalanuvchilarining turli fikrlariga sabab bo‘ldi. Ayrimlar texnologiyaning imkoniyatlarini yuqori baholagan bo‘lsa, boshqalar yangi qurilmani hazil bilan muhokama qildi.































Izohlar 0
…