Farg‘onada hashar vaqtida “Inson” markazi xodimi halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish17.9K
Farg‘onada hashar vaqtida “Inson” markazi xodimi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida hashar vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Tohirjon Jo‘rayev halok bo‘ldi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Hodisa 29 iyul kuni tuman hududida o‘tkazilgan hashar vaqtida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, hokimlik tomonidan “mahalla yettiligi” vakillari hasharga jalb etilgan.

Hashar davomida yollanma ishchilar o‘t o‘rish uchun maxsus asbobdan foydalangan. Jarayon vaqtida qurilmaning pichog‘i sinib ketib, yaqin atrofda turgan Uchko‘prik tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Tohirjon Jo‘rayevning qorniga sanchilgan.

Og‘ir jarohat olgan xodim shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan yordamga qaramay, vafot etgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, uning oilasi doimiy e’tiborda bo‘lishini hamda zarur ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Agentlik mazkur voqea yuzasidan mehnat xavfsizligi talablariga rioya etilishi, xodimlarning xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilinishi hamda mas’ul shaxslarning javobgarligi bilan bog‘liq holatlar o‘rganilishini bildirdi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi aytilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?