Xitoyda ota-onalar bolalarini pul to‘lab mehnat lagerlariga yuboryotgani barchani hayron qoldirmoqda

Xitoyda bolalarni hayot qiyinchiliklariga tayyorlash maqsadida tashkil etilgan g‘ayrioddiy lagerlar ommalashmoqda. Ota-onalar farzandlarini qishloqlarga yuborib, ularga qishloq xo‘jaligi mehnatini bajartirish uchun minglab yuan to‘lamoqda.
South China Morning Post xabar berishicha, “Hayot sinovlari lageri” deb nomlangan dasturlar asosan Sichuan, Guychjou va Yunnan provinsiyalarida tashkil etilmoqda.
Bu yerga kelgan bolalar oddiy qishloq aholisining kundalik yumushlarini bajaradi:
kartoshka kovlaydi;
chorva mollariga qaraydi;
jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadi;
telefonlaridan foydalana olmaydi. Qizig‘i, bolalarga mehnati uchun haq berilmaydi. Aksincha, ularning ota-onalari buning uchun pul to‘laydi.
Ayrim lagerlarda 10 kunlik dastur 4000 yuan, ya’ni taxminan 600 dollar turadi. Bir oygacha davom etadigan dasturlar narxi esa 10 000 yuandan oshib ketishi mumkin.
Lagerlarda qattiq tartib o‘rnatilgani aytilmoqda. Topshiriqni bajara olmagan bolaga jazo sifatida ovqat o‘rniga faqat kartoshka berilishi haqida ham ma’lumotlar bor. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ayrim bolalar uyiga qaytishni so‘rab yig‘layotgani ko‘rinadi.































Izohlar 0
…