Qozog‘iston prezidenti To‘qayev erkaklarning quchoqlashib yoki o‘pib ko‘rishishini tanqid qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev erkaklarning bir-birini quchoqlab yoki o‘pib ko‘rishishiga munosabat bildirdi. Prezident bunday salomlashish Qozog‘istonning an’anaviy urf-odatlariga xos emasligini ta’kidladi.
To‘qayev bu haqdagi fikrlarini Ostona shahrida Qurultoy saylovida ovoz berganidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, erkaklar uchrashganda bir-biriga qo‘l berib, qo‘lini mahkam siqib ko‘rishishi yetarli.
“Erkaklar bir-biriga qo‘l berib, qo‘lini mahkam siqib ko‘rishishi kerak. Bundan ortig‘i shart emas”, — dedi To‘qayev. Qozog‘iston prezidenti, ayniqsa, harbiylar va generallarning bir-birini quchoqlab ko‘rishishiga e’tiroz bildirdi.
Uning fikricha, bunday holatlar mamlakatda shakllangan an’anaviy salomlashish madaniyatiga mos kelmaydi. Prezidentning bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda turli munosabatlarga sabab bo‘lishi kutilmoqda. Chunki erkaklarning uchrashganda quchoqlashib ko‘rishishi ayrim jamiyatlarda odatiy hol hisoblanadi.































Izohlar 0
…