18 yoshga to‘lgan kunida — Ota aliment qarzini to‘lab berdi

18 yoshga to‘lgan kunida  — Ota aliment qarzini to‘lab berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2023 yil 28 fevraldagi qaroriga muvofiq, qarzdor S.D.dan undiruvchi S.F. foydasiga farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor S.D.ning aliment majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi sababli unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘rganishlar natijasida 39 043 161 so‘m aliment qarzi mavjudligi aniqlangan.

Ijro ishi doirasida qarzdor ota mavjud aliment qarzdorligini bartaraf etish bilan birga, keyingi davr uchun to‘lovlarni ham amalga oshirib, jami 43 477 429 so‘m aliment mablag‘larini to‘liq to‘lab berdi.

Eng e’tiborli jihati — ushbu mablag‘lar farzandining aynan 18 yoshga to‘lgan kunida to‘landi.

Ya’ni, farzandi uchun oddiy sovg‘a emas, balki yillar davomidagi majburiyatini ado etish bilan bog‘liq 43 million so‘mdan ortiq to‘lovni tug‘ilgan kunida amalga oshirdi.

Natijada qarzdor o‘z zimmasidagi aliment majburiyatini to‘liq bajardi va ijro hujjati belgilangan tartibda yakunlandi.

Farzandning tug‘ilgan kuni — quvonchli sana. Bu kuni berilgan eng katta sovg‘a esa — ota-onaning o‘z mas’uliyatini bajarganidir.

Farzand ta’minotiga mas’uliyat bilan yondashish — har bir ota-onaning nafaqat qonuniy, balki ma’naviy burchidir.


Majburiy ijro byurosi

Quva tuman bo‘limi davlat ijrochisi

G‘. Qodiraliyev

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar