Xodimlarning huquqlari tiklandi

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ishdan asossiz bo‘shatilgan xodimlarni ishga tiklash hamda to‘lanmagan ish haqlarini undirishga oid sud hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida ishga tiklash bilan bog‘liq 25 nafar fuqaroga oid sud qarorlari Byuroning hududiy bo‘limlariga kelib tushgan bo‘lib, ularning 21 nafari o‘z ish joyiga tiklangan.
Xususan, Xatirchi tumanida undiruvchi K.S. Xatirchi tumanidagi 12-oilaviy poliklinika patronaj hamshirasi lavozimiga ishga tiklanishi ta’minlangan. Shuningdek, ish haqi undiruvi bilan bog‘liq 1,8 mlrd so‘mlik 50 ta ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari natijasida 1,4 mlrd so‘mlik 39 ta ijro hujjati yuzasidan yakuniy qarorlar qabul qilinib, amalda 1,1 mlrd so‘m ish haqi qarzdorligi undirilgan.
Jumladan, Tomdi tumanida fuqaro B. J. foydasiga Tomdi tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan 119,4 mln so‘m ish haqi qarzdorligi joriy yilning sentyabr oyida undirib berilgan va sud qarori ijrosi amalda ta’minlangan.
Fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlash, sud hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.































Izohlar 0
…