
Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari Mira’lam Mirzayev va uning oila a’zolari uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha boshqarma tomonidan ochilgan jinoyat ishi doirasida qo‘lga olingan. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
«Mirzayevlar oilasiga aloqador tergov harakatlari davomida Mira’lam Mirzayev, uning turmush o‘rtog‘i M.Mirzayeva va o‘g‘li A.Mirzayev, jiyani Z.Inog‘omova qo‘lga olingan», — deyiladi xabarda.
Jinoyat ishi doirasida Mirzayev va Inog‘omovlar oilasiga tegishli turar joy va noturar joy ob’ektlarida tintuv o‘tkazilib, turli predmetlar, hujjatlar, avtotransport vositalari va boshqalar olib qo‘yilgan.
«Hozirda tergov jarayoni davom etayotgani bois ushbu jinoyat ishi bo‘yicha boshqa dalillar oshkor etilmaydi», — deyiladi prokuratura xabarida.
Joriy yilning 22 mart kuni O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovga nisbatan o‘tkazilayotgan jinoyat ishi tergovi doirasida Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari Mira’lam Mirzayev va uning oila a’zolariga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar