Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi

1 daqiqa o'qish445
Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 yoshli tarbiyalanuvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan olib borilayotgan tergovni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev shaxsan nazoratga olgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yil sentyabr oyida Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 118 va 112-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida bir nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda jinoyat ishi Namangan viloyati prokuraturasining ish yurituviga o‘tkazilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Tergov jarayoni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning shaxsiy nazoratiga olingan.

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, jinoyat ishi har tomonlama, to‘liq va xolisona tergov qilinishi, shuningdek, voyaga yetmagan jabrlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi ta’minlanadi.

Shuningdek, jinoyatga aloqadorlik, uning holatlarini yashirish yoki mas’ul shaxslarning harakatsizligi bilan bog‘liq aniqlangan har bir holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?