Kredit qarzdorligi to‘lanmagach, avtotransport vositasi jarima maydoniga olib ketildi

Kredit qarzdorligi to‘lanmagach, avtotransport vositasi jarima maydoniga olib ketildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2026 yil 2 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Sh.N.dan undiruvchi bank ATB foydasiga 91 mln 246 ming so‘m undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjatida undiruvni qarzdorga tegishli «LACETTI» rusumli avtotransport vositasiga qaratish nazarda tutilgan.

Ijro hujjati talablarini ta’minlash maqsadida Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi AMIIIE sho‘basi inspektori U.Mashhurov tomonidan qarzdorga tegishli avtotransport vositasini aniqlash va belgilangan tartibda xatlash bo‘yicha ijro harakatlari olib borildi.

Biroq qarzdor avtotransport vositasini o‘z ixtiyori bilan taqdim etish choralarini ko‘rmadi. Shu munosabat bilan ijro hujjati talablarini amalda ta’minlash maqsadida belgilangan tartibda maxsus texnika jalb qilinib, qarzdorga tegishli «LACETTI» rusumli avtotransport vositasi majburiy tartibda olib ketildi.

Avtotransport vositasi belgilangan tartibda xatlanib, saqlovga qo‘yish uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Ushbu holat ijro hujjatlarida belgilangan talablarning ixtiyoriy ravishda bajarilishi muhim ekanini ko‘rsatadi. Qarzdor tomonidan majburiyatni o‘z vaqtida bajarishdan bosh tortish yoki ijroni cho‘zish esa qonunchilikda nazarda tutilgan majburiy ijro choralarining qo‘llanilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda qarzdorlikni qonuniy tartibda bartaraf etish va ijro hujjati talablarini ta’minlashga qaratilgan ijro harakatlari davom ettiriladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar