Kredit qarzdorligi avtotransport vositasi hisobidan undiriladi

Kredit qarzdorligi avtotransport vositasi hisobidan undiriladi

Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarni ijro etish sho‘basi inspektori M.No‘monjonov ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2026 yil 3 iyuldagi ijro varaqasi kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan, qarzdor R.U.dan undiruvchi bank XATB foydasiga 242 741,9 ming so‘m miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish, undiruvni qarzdorga tegishli “Jetour Dashing” rusumli avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.

Ijro hujjatida mazkur avtotransport vositasining boshlang‘ich bahosi 323 532,0 ming so‘m etib ko‘rsatilgan.

Ijro hujjati sho‘ba ish yurituviga kelib tushgan kunining o‘zida ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hamda qonunchilik talablariga muvofiq, qarzdorga mavjud qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun muddat berilgan.

Kredit qarzdorligi avtotransport vositasi hisobidan undiriladi

Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishildi.

Xususan, garov mulki sifatida qayd etilgan qarzdorga tegishli “Jetour Dashing” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda xatlandi.

Ayni paytda mazkur avtotransport vositasini “E-AUKSION” elektron savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Savdolar natijasida tushgan pul mablag‘lari qonunchilikda belgilangan tartibda undiruvchi — bank XATB foydasiga yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar