22:47 / 07.09.2020
2 781

Kadastr organlari Davlat soliq qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi

Kadastr organlari Davlat soliq qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni tasdiqlandi.

Farmonni birinchi o‘qigan odamda shu paytgacha mavjud bo‘lgan Davergeodezkadastr qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasida qanday bog‘liqlik, qanday umumiylik bor degan savol payda bo‘ladi. Haqiqatdan ham o‘rinli savol. Lekin, agar masalaning ichiga chuqurroq kirib borilsa, bu qarorga bekorga kelinmaganligi ma’lum bo‘ladi.

Kadastr idorasining asosiy vazifasi nima? – Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi 21 ta davlat kadastrining to‘liq va ishonchli yuritilishini ta’minlash. Oddiy so‘z bilan aytganda, yurtimizdagi barcha yerlar, ularning ostida va ustida qanday ob’ektlar borligi haqida yagona bazani shakllantirish. Savol: bu bazaning to‘liq yuritilishidan eng birinchi navbatda kim manfaatdor? Soliq idoralari! Chunki har qanday ob’ekt – u yoki bu manoda soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Uning soliq solish ob’ektiga kirmasligini, masalan tarixiy-madaniy ob’ekt, muhofaza qilinadigan tabiiy hudud ekanligi tasdiqlash uchun ham kadastr ma’lumotlari kerak bo‘ladi.

Demak, biz yerlar, bino va inshootlar, boshqa kadastr ob’ektlarining haqiqiy hisobini bilishimiz uchun kadastr va soliq idoralarining resurslarini birlashtirishimiz kerak, ularning axborot tizimlarini integratsiya qilishimiz kerak, oddiyroq aytganda, ularning birini o‘ng, ikkinchisini chap ko‘zga aylantirib, bitta ob’ektni bir paytda ko‘radigan va birgalikdan «sinxron» harakat qiladigan qilishimiz kerak.

Ehtimol oradan yana yillar o‘tib, barcha ob’ektlar hisobi to‘liq qo‘limizda bo‘lgach, sun’iy yo‘ldosh orqali har bir o‘zgarishni darhol aniqlash imkonyati yaratilgach, barcha davlat organlarining axborot tizimlari real vaqt rejimida bir-biri bilan axborot almashishni boshlagach kadastr va soliq organlari yana o‘z mustaqil yo‘nalishlarida faoliyatlarini davom ettirishar, buni vaqt ko‘rsatadi. Lekin hozirgi bosqichda bu ikki idora faoliyatini birgalikda olib borishi davlat, jamiyat, soliq to‘lovchilar va mulkdorlar uchun faqat foyda, qulaylik va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, bunga hech qanday shubha yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kadastr organlari Davlat soliq qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi