18:10 / 26.09.2021
4 414

Shifokorlar o‘limga olib keluvchi kasallikning ilk alomatlarini aniqlashdi

Shifokorlar o‘limga olib keluvchi kasallikning ilk alomatlarini aniqlashdi
Foto: «Potokmedia.ru»
Shifokorlarning aytishicha, o‘limga olib keladigan kasallik — oshqozon osti bezi saratoni hech qanday alomatlarga ega bo‘lmasligi yoki aniqlash qiyin bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Vechernyaya Moskva» xabar berdi.

Shifokorlar saratonning dastlabki bir qancha belgilarini aniqlashdi. Bularga bemordagi oqargan najas, qoramtir peshob, og‘riqsiz sariqlikni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Oshqozon osti bezi saratonining boshqa alomatlariga bel yoki qorin og‘rig‘i, to‘satdan vazn yo‘qotish, teri va ko‘zlarning sarg‘ayishi kiradi.

Bunda shifokorlar oshqozon osti bezi saratonining ko‘pgina turlariga nima sabab bo‘lishini bilishmaydi, ammo uning rivojlanish xavfini oshiradigan ba’zi omillar mavjud. Ular chekmaslikni, qizil va qayta ishlangan go‘sht hamda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni cheklashni maslahat berishidi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shifokorlar o‘limga olib keluvchi kasallikning ilk alomatlarini aniqlashdi