Sevinch va Kamrondan yangi duet: “Gul” tez kunda!

Xonandalar Sevinch Mo‘minova va Kamron Mo‘minov muxlislar uchun yangi duet tarona ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Ular ijro etgan yangi qo‘shiq “Gul” deb nomlanadi.
Hozircha qo‘shiqning rasmiy premyera sanasi e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, san’atkorlar uning tez orada tinglovchilar hukmiga havola etilishini bildirib o‘tishgan. Xonandalar o‘zlarining Instagram sahifalari orqali ushbu taronadan kichik parcha ulashib, muxlislar qiziqishini yanada oshirdi.
E’lon qilingan qisqa lavha ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘plab kuzatuvchilar qo‘shiq ohangi va duet uyg‘unligini yuqori baholab, izohlarda ijobiy fikrlar qoldirmoqda.
Ayniqsa, muxlislar qo‘shiqning to‘liq versiyasini sabrsizlik bilan kutayotganini bildirib, uning tezroq premyera qilinishini so‘ramoqda. Ko‘rinib turibdiki, “Gul” qo‘shig‘i chiqishidan oldin ham katta qiziqish uyg‘otishga ulgurgan.





























Izohlar 0
…