
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaev o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda xonandaning ukasi va prodyuseri Dilshod Rahmatullaev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
«Bugun tong soat 7:30 da akam o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Xudoga shukr, chaqaloq ham, ayollari ham sog‘-salomat», — deydi Dilshod Rahmatullaev.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Rahmatullaevning Fayzulloh ismli 5 yoshli o‘g‘li hamda 3 yoshli Farzona ismli qizi ham bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar