Ali Otajonov oilasida qo‘shaloq quvonch: xonanda egizak farzandli bo‘ldi!

Ali Otajonov oilasida qo‘shaloq quvonch: xonanda egizak farzandli bo‘ldi!

Xonanda Ali Otajonov hayotidagi eng quvonchli kunlardan birini nishonlamoqda. San’atkor egizak farzandli bo‘lgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xushxabar bilan bo‘lishdi.

Xonandaning oilasida birvarakayiga ikki nafar chaqaloq — o‘g‘il va qiz dunyoga keldi. Ali Otajonov farzandlariga Muhammad Ali va Oysha deb ism qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, xonandaning avvalgi farzandining ismi Maryam.

Qo‘shaloq quvonch munosabati bilan Ali Otajonov va uning oilasini muborakbod etamiz. Muhammad Ali va Oyshaga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, baxtli va mazmunli hayot tilaymiz!

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar