Ulug‘bek Rahmatullayev: "Mendan televideniye xafa" (video)

1 daqiqa o'qish164
Ulug‘bek Rahmatullayev: "Mendan televideniye xafa" (video)

Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev intervyularidan birida oilasi haqida ko‘p gapirmasligi va yaqinlarini ommaga ko‘rsatmasligi sababini tushuntirdi.

Suhbat davomida xonanda bu borada ayrim telekanallar ham ranjiganini aytdi.

“Mendan televideniye xafa. Nafaqat bu kanal, boshqasi ham. Chunki ijodkorlar orasida 'bitta siz oilangizni olib chiqmaysiz, farzandlaringizni ko‘rsatmaysiz', deyishadi. Xudoga shukr, Alloh menga juda ham chiroyli, go‘zal turmush o‘rtoq, shirindan-shakar farzandlar bergan. Onam bor, otam bor. Men inson sifatida baxtli odamman.

Lekin bularni efirga olib chiqish — mening nazarimda, men uchun noto‘g‘ri. Shuning uchun ba’zi narsalar haqida gapirishni xohlamayman.

Shunaqa odamlar bor: oilasidagi divanidan tortib, muzlatkichida nima yeyayotganigacha, tuflisining necha pul turganigacha ko‘rsatadi. Yoki birovning samolyotida o‘tirib, 'bu mening samolyotim', deb piar qiladiganlar bor. Men ular qatorida emasman”, — dedi Ulug‘bek Rahmatullayev.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?