«O‘zimni jinnilikka solib yashayapman» — Nigora Karimboyeva (video)

Aktrisa Nigora Karimboyeva ijtimoiy tarmoqdagi videomurojaati orqali hayotga munosabati o‘zgargani, endi ko‘p narsalarga befarqroq qarashni boshlagani haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, o‘zini go‘yoki «jinnilikka solib» yashash ancha qulay ekan.
«Jinnilikka solib yashayapman o‘zimni. Lekin juda ham qulay variant ekan. Umuman asabiylashmayman, hech narsani o‘ylamayman, o‘zim bilan o‘zim bandman. Xudoga shukr. Eng qizig‘i, kimdir kimnidir g‘iybat qilsa yoki o‘zimga nisbatan qandaydir yoqimsiz gap aytsa, “Voy, shunaqa bo‘pdimi? Shunaqa bo‘lib qolibdimi?” deb, “Mayli”, deb qo‘yadigan bo‘ldim.
To‘g‘risini aytsam, bu eng zo‘r variantlardan biri ekan. Nega oldin bunday qilmaganman? Bir umr hamma bilan kurashib, o‘zimcha adolatli ayol bo‘lishga harakat qilganman. Shunchaki, “Voy, shunaqa ekanmi?” deb yashash kerak ekan», — dedi aktrisa.
Shuningdek, Nigora Karimboyeva kuzatuvchilariga ham murojaat qilib, ulardan hayotda qanday yo‘l tutishlarini so‘radi.
«Siz-chi? Siz qanday yashaysiz? O‘zingizni jinnilikka solasizmi? Hech bo‘lmasa, ba’zida?» — deya savol berdi u.
Aktrisaning bu fikrlari kuzatuvchilari orasida ham qiziqish uyg‘otdi. Izohlarda ko‘pchilik har bir gapga e’tibor beravermaslik, ortiqcha asabiylashmasdan, o‘z hayoti bilan yashash haqiqatan ham to‘g‘ri yo‘l ekanini ta’kidlamoqda.
Siz Nigora Karimboyevaning fikrlariga qo‘shilasizmi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.






























Izohlar 0
…