Toshkentda tezkor qutqaruv: 3 kishi omon qoldi

Toshkentda tezkor qutqaruv: 3 kishi omon qoldi

22 iyun kuni soat taxminan 18:30 larda poytaxtning Mirobod tumanida favqulodda holat yuz berdi. “Oybek” MFY, Taras Shevchenko ko‘chasida joylashgan qurilish obyektida 3 nafar ishchi yer osti qismiga bo‘yoqlash ishlari uchun tushgan.

Ish jarayonida bo‘yoqdan ajralib chiqqan zaharli hid sabab ularning ahvoli keskin og‘irlashgan.

Voqea haqida “112” tizimi orqali xabar kelib tushishi bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi.

Qutqaruvchilarning tezkor va aniq harakatlari natijasida fuqarolar chuqurdan olib chiqilib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Shundan so‘ng jabrlanganlar tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi. Olib borilgan samarali qutqaruv ishlari tufayli 3 nafar insonning hayoti saqlab qolindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar