Nigora tug‘ilgan kunini nishonlamoqda: turmush o‘rtog‘i uni hayratda qoldirdi (video)

Xonanda Nigora bugun, 12 sentyabr kuni tavallud ayyomini nishonlamoqda. San’atkor Instagram sahifasida tug‘ilgan kuni munosabati bilan turmush o‘rtog‘i Oybek tomonidan kutilmagan sovg‘a qilinganini ma’lum qildi.
Xonanda sovg‘a aks etgan videoni sahifasiga joylab, unda bolalikdagi orzularidan biri amalga oshganini aytdi.
“Kichkina qizaloq ertalab ko‘zini ochganida aynan shuni orzu qilardi. Bugun shu ichimdagi qizaloq o‘z orzusiga erishdi. Uni sevgan yori uning orzusini amalga oshirdi. Adajonisi, borligingizga shukur. Rahmat, sizni yaxshi ko‘raman.
Hayotimning eng go‘zal lahzalarini yashamoqdaman, alhamdulillah. Hamma havas qilganlarga ham nasib etsin. Bu birinchi kutilmagan sovg‘a edi. Ikkinchisini kechga qo‘yaman, u ham juda antiqa bo‘ldi. Kutinglar, hayratda qoldim. Hammaga go‘zal tabriklar uchun tashakkur”, — deya yozgan Nigora.
Xonandaning muxlislari ham uning tug‘ilgan kunini e’tiborsiz qoldirmay, izohlarda samimiy tabrik va iliq tilaklarini yo‘llamoqda.






























Izohlar 0
…