Alisher Uzoqov soch ektirish taklifiga nega rozi bo‘lmaganini aytdi (video)

Alisher Uzoqov soch ektirish taklifiga nega rozi bo‘lmaganini aytdi (video)

Aktyor va xonanda Alisher Uzoqov “Suhbat Shahnoza bilan” loyihasida muxlislarni qiziqtirgan savollardan biriga javob berdi. Undan nima sababdan soch ektirmayotgani so‘raldi.

San’atkorning aytishicha, unga bir necha yil avval Turkiyadagi yirik kompaniyalardan biri soch ekish xizmatini taklif qilgan. Hattoki, barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olishga tayyor ekanini ham bildirgan.

“Sochga keladigan bo‘lsak, to‘rt-besh yil oldin takliflar juda ko‘p kelgan. Turkiyaning eng yaxshi kompaniyalaridan biri menga yozgan. Hozirgacha ham yozib turishadi. Yaqinda, bir oycha oldin ham yana yozishdi. 'Keling, biznes-klass qilib beramiz, besh yulduzli mehmonxonaga joylashtiramiz, sochingizni ekamiz', deyishdi.

Taklif tushganiga to‘rt yil bo‘ldi. Hozir unaqa xohish yo‘q. Bilmayman, odam o‘zgaruvchan bo‘ladi. Balki ertaga yoki keyingi intervyularda sochlarimni mana bunday silab o‘tirgan bo‘lishim ham mumkin”, — dedi Alisher Uzoqov kulib.

Aktyorning javobi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida ham muhokamaga sabab bo‘ldi. Ayrim kuzatuvchilar uning hozirgi ko‘rinishi o‘ziga yarashishini ta’kidlashgan bo‘lsa, boshqalar soch ektirishni maslahat berishmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar