Alisher Uzoqovning nega ko‘ziga yosh keldi: “Men buni ancha kutdim” (video)

Alisher Uzoqovning nega ko‘ziga yosh keldi: “Men buni ancha kutdim” (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Alisher Uzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
  • Mukofotni topshirish marosimida aktyor ko‘ziga yosh kelgani, chunki bu mukofotni u ancha kutganini ta’kidladi.
  • U davlat va yurtboshidan e’tirof olish o‘zi uchun katta ahamiyatga ega ekanini va bu unga yanada katta mas’uliyat yuklashini aytdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Mukofotni unga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov topshirgan.

Taqdirlash marosimida aktyorning ko‘ziga yosh kelgani ko‘pchilik e’tiborini tortdi. Alisher Uzoqov “Intervyu TV” loyihasiga bergan suhbatida o‘sha lahzalarda nimalarni his qilgani haqida gapirdi.

“Yig‘lamadim, ko‘zimga yosh keldi. O‘zim ham bunaqa bo‘ladi, deb o‘ylamagandim. 'Uzoqov Alisher' deyishganda o‘rnimdan turib, bir necha qadam tashlab, mukofotni qo‘lga kiritgunimcha ko‘zimga yosh keldi. Balki shu paytgacha ko‘rgan qiyinchiliklarim, balki bu mukofotni ko‘p kutganim sabab bo‘lgandir. Rostdan ham, men buni ancha kutdim”, — dedi aktyor.

U davlat va yurtboshidan e’tirof olish o‘zi uchun katta ahamiyatga ega ekanini aytib, bunday mukofot unga yanada katta mas’uliyat yuklashini ta’kidladi.

“Boshqa san’atkorlarni bilmayman, lekin shaxsan men davlat tomonidan, yurtboshimiz tomonidan mukofotlanishni kutaman. Bu menga boshqacha ta’sir qiladi, mas’uliyatimni oshiradi”, — dedi Alisher Uzoqov.

Aktyorning aytishicha, mukofotdan so‘ng kelayotgan ko‘plab tabriklar unga xalq mehrini yanada chuqurroq his qilishga yordam bergan.

“Shunda 'Odamlar Alisher Uzoqovni yaxshi ko‘rarkan', degan fikrga keldim. Balki kimlargadir bu gaplarim erish tuyular, lekin rostdan ham men bu mukofotni ancha kutdim. Shuning uchun ham u menga qattiq ta’sir qildi”, — deya so‘zlarini yakunladi u.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab kuzatuvchilar Alisher Uzoqovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangani munosabati bilan tabriklamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar