Afruza va Alisher Uzoqov yangi duetini taqdim etdi (saundtrek)

Xonanda Afruza hamda aktyor, qo‘shiqchi Alisher Uzoqov “Kurashamiz” nomli duetini taqdim etdi. Kompozitsiya 28 sentyabr kuni YouTube platformasida tinglovchilarga havola qilindi.
“Kurashamiz” tez orada katta ekranlarga chiqishi kutilayotgan “Chempion” badiiy filmining rasmiy saundtreki hisoblanadi.
Qo‘shiq insonning o‘z orzusi va maqsadi yo‘lida kurashishi, turli qiyinchiliklarga qaramay olg‘a intilishi haqida. Unda to‘siqlardan qo‘rqmaslik, o‘z kuchiga ishonish va bir kun kelib orzuga erishish g‘oyasi ilgari surilgan.
Klipda “Chempion” filmidan ayrim lavhalar ham aks etgan. Unda futbolchi bo‘lishni orzu qilgan bolakayning hayoti hikoya qilinadi. U katta futbolga kirib borish va Toshkentdagi akademiyada tahsil olishni istaydi. Biroq oiladagi moddiy qiyinchiliklar uning orzusi sari yo‘lida jiddiy to‘siqqa aylanadi.
Shu tariqa “Kurashamiz” qo‘shig‘i va uning klipi “Chempion” filmining asosiy g‘oyalarini — futbolga bo‘lgan orzu, oila mehri, qiyinchiliklarni yengib o‘tish va maqsad sari intilishni birlashtiradi.






























Izohlar 0
…