Kutilmagan voqea: ayol mashinasi bilan metro relsiga tushib qoldi

AQSHning Sietl shahrida noodatiy va biroz xavfli holat yuz berdi. 70 yoshli ayol o‘z avtomobilini adashib metro relslariga olib kirib, taxminan yarim mil (800 metrga yaqin) masofani bosib o‘tgan.
Ushbu holat natijasida butun yo‘nalish bo‘ylab poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Favqulodda xizmatlar zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, yo‘lovchilarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilgan. Shuningdek, relslar bo‘ylab elektr ta’minoti ham ehtiyot chorasi sifatida vaqtincha o‘chirib qo‘yilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol yo‘lni navigatsiya orqali topmoqchi bo‘lgan va “GPS ko‘rsatmasiga amal qilganini” aytgan. Aynan shu xatolik uning avtomobilni relslar ustiga olib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Yaxshiyamki, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Maxsus texnika — evakuator yordamida avtomobil relslardan olib chiqilgach, bir necha soatdan so‘ng poyezdlar harakati yana tiklangan.
Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, navigatsiya qurilmalaridan foydalanishda ham hushyorlik muhim ekani yana bir bor eslatildi.





























Izohlar 0
…