Malayziyada maymunlar Chechenkani “qamalga oldi” (video)

Malayziyada sayohat qilayotgan bloger Gulzoda Abdullayeva o‘g‘li bilan maymunlarga banan berayotgan paytda kutilmagan vaziyatga duch keladi. Maymunlar bananlarni ko‘rib, uni o‘rab oladi va bir necha marta yelkasiga chiqishadi. Gulzoda birinchi banan bilan maymunni tushira olmay, oxir-oqibat yana bir banan berishga majbur bo‘ladi. Bu holat atrofdagilarni kuldirgan bo‘lsa, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham videoni iliq kutib olishdi.
“Chechenka” nomi bilan tanilgan bloger Gulzoda Abdullayeva o‘zining Instagram sahifasida Malayziyaga sayohati davomida boshidan kechirgan kulgili va noodatiy holat aks etgan videoni ulashdi.
Videoda u o‘g‘li bilan maymunlarga banan berayotgani aks etadi. Biroq vaziyat kutilmaganda o‘zgarib ketadi — bananlarni ko‘rgan maymunlar ularning atrofini o‘rab olib, go‘yoki “jang” boshlagandek harakat qiladi.
Hatto maymunlardan biri blogerning yelkasiga, keyin esa boshiga chiqib oladi. Chechenka uni tushirish uchun avval bitta banan beradi, ammo maymun tushmaydi. Oxiri yana bitta banan berishga majbur bo‘ladi va ikki bananni olgan maymun nihoyat pastga tushadi.
Bu holatdan bloger bir vaqtning o‘zida qo‘rqib ham, kulib ham yuboradi. Yana boshqa maymunlar ham banan ilinjida uning ustiga chiqishga urinadi va ularni ham banan bilan “tinchlantiradi”.
Yonidagi o‘g‘li esa bu vaziyatdan juda qo‘rqib ketadi va hatto maymunlarga banan berishdan bosh tortadi. Hatto kichkina maymunlardan biri uning ustiga chiqib ketgani ham videoda aks etgan.
Atrofdagilar bu holatni kulgu bilan tomosha qilgan bo‘lsa, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham videoni iliq kutib olib, izohlarda mazmunli va kulgili fikrlar qoldirishmoqda.






























Izohlar 0
…