32 yoshli turkiyalik bir kechada milliarder bo‘lib ketdi

Turkiyada yashovchi 32 yoshli Ahmad Jahangard Takalo kutilmaganda dunyoning eng boy insonlaridan biriga aylanishi mumkin bo‘lgan holatga duch keldi. Uning bank hisobiga hech qanday izohsiz qariyb 1 trillion turk lirasi kelib tushgani qayd etilgan.
Natijada hisobdagi umumiy mablag‘ miqdori taxminan 21,8 milliard dollarga yetgan. Bu esa uni qisqa vaqt ichida milliarderlar qatoriga olib chiqishi mumkin edi. Biroq mazkur g‘ayrioddiy holat bank tizimida jiddiy shubha uyg‘otgan.
Voqeadan so‘ng bank tomonidan Takaloning barcha hisoblari darhol muzlatilgan va pul o‘tkazmasining kelib chiqish manbaini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan. Mutaxassislar bunday katta miqdordagi mablag‘ tasodifan yoki texnik xatolik tufayli o‘tkazilgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno etmayapti.
Hozircha mazkur summa Takaloning ixtiyoriga berilmagan va tergov yakuniga qadar barcha operatsiyalar cheklangan. Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, ko‘pchilikni hayratda qoldirmoqda.





























Izohlar 0
…