Fillarning o‘ziga xos “tarbiya usuli” ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda

Fillarning o‘ziga xos “tarbiya usuli” ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda
Audio versiyasi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan navbatdagi video millionlab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi. Unda ona fil bolasini muloyimlik bilan oldinga undab, uni boshqa bir katta fil oldiga salomlashish uchun yuborayotgani aks etgan.

Videodagi holat ko‘pchilikka insonlar orasidagi odob-axloq va tarbiya an’analarini eslatdi. Ayrim foydalanuvchilar hazil tariqasida fil bolalari ham onasining dugonalari bilan ko‘rishib yurishga majbur ekanini yozmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat tasodifiy emas. Fillar poda ichidagi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash va o‘zaro ishonchni shakllantirish uchun yosh avlodni bolalikdan katta fillar bilan muloqot qilishga o‘rgatadi.

Olimlar fillar dunyodagi eng ijtimoiy va aqlli hayvonlardan biri ekanini ta’kidlaydi. Ular oila a’zolarini taniydi, bir-biriga g‘amxo‘rlik qiladi va murakkab hissiyotlarni namoyon eta oladi. Shu sababli bunday "salomlashish marosimlari" poda ichidagi birdamlikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar