Lada Azimut sotuvlar boshlanmasdan turib turbo dvigatel bilan jihozlandi

AvtoVAZ rahbari Maksim Sokolovning maʻlum qilishicha, Lada Azimut krossoveri hozirda turbo dvigatel bilan sinovdan oʻtkazilmoqda. Yangi modelni seriyali ishlab chiqarish boʻyicha yakuniy qaror ushbu sinovlar natijalariga koʻra qabul qilinadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kompaniya rahbariyati yaqin kelajakda flagman modellarga, birinchi navbatda Lada Azimut avtomobiliga gibrid va turbo dvigatellarni oʻrnatishni rejalashtirmoqda. Bunday prototip joriy yilning oxirigacha keng jamoatchilikka namoyish etilishi kutilmoqda.
Taʻkidlash joizki, gap faqat Rossiyada ishlab chiqarilgan agregatlar haqida emas, balki hamkorlik doirasida olingan dvigatellar haqida bormoqda. Hozirgi vaqtda Lada brendining Granta, Vesta, Niva, Largus va Iskra kabi barcha seriyali modellari faqat atmosferali dvigatellar bilan jihozlangan.
Lada Azimut krossoverini seriyali ishlab chiqarish joriy yilning uchinchi choragida boshlanishi, sotuvlar esa toʻrtinchi chorakka borib yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Yangi model Lada Vesta platformasining modernizatsiya qilingan varianti asosida qurilgan.





























Izohlar 0
…